19:50 / 17.11.2020
2 868

22 mln. so‘m jinoiy jarima undirildi

22 mln. so‘m jinoiy jarima undirildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining 2020 yil 6 avgustdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Shavkat Norqulovdan davlat foydasiga 22 mln. 300 ming so‘m jinoiy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Jomboy tuman bo‘limi ishi yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijroga qaratilgan.

Qarzdorga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy bajarishlik uchun muddat berilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42(1)–moddasiga asosan qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdordan tegishli to‘lov hujjatlariga asosan 22 mln. 300 ming so‘m jarima to‘liq undirilib, ijro hujjati amaldagi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 22 mln. so‘m jinoiy jarima undirildi