15:03 / 18.11.2020
2 805

200 million so‘mlik tovar moddiy boyliklari saqlanayotgan xonadon fosh etildi

200 million so‘mlik tovar moddiy boyliklari saqlanayotgan xonadon fosh etildi
Sifati kafolatlanmagan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirish, shuningdek, pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda saqlashga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Uchqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaro M.Sh.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu xonadonda yurtimizga qo‘shni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan, sifati kafolatlanmagan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 200 million so‘m bo‘lgan kiyim-kechak va parfyumeriya vositalari, maishiy texnika hamda tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu xonadonda 57 600 dona pirotexnika vositalari saqlanayotganligi ham aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 200 million so‘mlik tovar moddiy boyliklari saqlanayotgan xonadon fosh etildi