10:06 / 19.11.2020
3 909

Farg‘onada sudyaning qimmatbaho shubasi sotildi

Farg‘onada sudyaning qimmatbaho shubasi sotildi
Illustrativ foto
Farg‘onada fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi sudyasining (ayol) qimmatbaho shuba-paltosi sotildi. Ko‘p ayollar uchun orzu bo‘lgan narsasini sotib, pulini xayriya ishlariga sarflagandir-da, desangiz yanglishasiz.

Gap shundaki, qisqa vaqt ayolning ustini bezagan ushbu kiyim o‘g‘lining sovg‘asi bo‘lib, u 1500 AQSH dollarga sotib olingani aytiladi. Ko‘p o‘tmay, o‘g‘il qo‘qonlik oilaviy tadbirkorning kelini bilan jinoiy til biriktirgan holda o‘sha xonadondan 680 ming AQSH dollari (!) o‘g‘irlagani oshkor bo‘lib, qamoqqa olinadi. Dastlabki tergov jarayonida o‘g‘irlangan pullarga sotib olingan qator mulklar va moddiy qiymatliklar aniqlanadi, jumladan, qimmatbaho shuba-palto ham.

Jinoiy yo‘l bilan orttirilgani aniqlangan mulk va boshqa moddiy qiymatliklar sud hukmiga binoan Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan sotilib, tushgan pullar zararni qoplashga yo‘natiriladi. Va shu jarayonda sudyaning shuba-paltosi ham sotuvga qo‘yiladi.

Necha pulga sotildi? Hech qanchaga!

Farg‘onadagi «Kontinent imkon baho» MCHJ mutaxassislari shubaga uch juft (bijuteriya) taqinchoqlarni (ular ham o‘g‘rilangan pulga sotib olingan) ham qo‘shib hisoblab, umumiy 2.100.000 so‘m narx chiqargan?! Qishida tuzukroq sovuq bo‘lmaydigan O‘zbekistonda bir mavsumgina kiyilgan qimmatbaho matoh bu darajada arzon (yana deng uch juft taqinchoqlarni qo‘shib hisoblaganda!) bo‘lishi tasavvurga sig‘maydi. Biroq tezda «egasini tanib ketishi»dan ajablanmasayam bo‘ladi.

Shuba-palto sotuvidan tushgan pul jinoyat oqibatida yetkazilgan zararlar oldida dengizdan tomchi, albatta. Buyog‘i endi alohida mavzu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada sudyaning qimmatbaho shubasi sotildi