17:17 / 19.11.2020
2 548

Sardobada MIB tadbirkor foydasiga 193,7 mln.so‘m miqdordagi qarzdorlikni undirib berdi

Sardobada MIB tadbirkor foydasiga 193,7 mln.so‘m miqdordagi qarzdorlikni undirib berdi
Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining 22.09.2020-yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Sardoba tuman Tibbiyot birlashmasidan undiruvchi “SIRDARYO DORI-DARMON” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga jami 193.776 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 29.09.2020 yilda bo‘lim ijro ishi yurutuviga kelib tushgan va shu kuni davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlari ijro etish to‘g‘risidagi Qonun”ning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va taraflarga yuborilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan, qarzdor Sardoba tuman Tibiyot birlashmasi budjet tashkiloti ekanligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi VMning 13.05.2014 yildagi 120-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra qarzdorning G‘aznachilik bo‘limidagi barcha hisob raqamiga band qo‘yildi.

O‘z vaqtida olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida, jami 193.776 ming so‘m "SIRDARYO DORI-DARMON" MCHJ foydasiga undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardobada MIB tadbirkor foydasiga 193,7 mln.so‘m miqdordagi qarzdorlikni undirib berdi