15:28 / 20.11.2020
2 285

Tanzila Norboyeva gaz va elektr muammosi tezda o‘rganib chiqilishiga va’da berdi

Tanzila Norboyeva gaz va elektr muammosi tezda o‘rganib chiqilishiga va’da berdi
Foto: Senat matbuot xizmati
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tayotgan to‘qqizinchi yalpi majlis vaqtida ijtimoiy tarmoqda gaz va elektr energiyasi muammosiga e’tibor qaratishni so‘rab yozilgan izohlarga ham to‘xtaldi.

«Men o‘zim hozir o‘tirib yig‘ilishni olib boryapman, sizlarniyam eshityapman va ham yig‘ilishga nisbatan odamlarning munosabatini o‘qiyapman.
Mana hozir onlayn berilayotgani uchun minglab foydalanuvchilar gaz va elektr energiyasi muammosini qachon hal qilasizlar, degan savollar bilan bizga murojaat qilishyapti.

Bu yerda «kambag‘allikni qisqartira olmayapti, oshib ketyapti», degan gaplar ham bor. Bu bo‘yicha alohida tushuntirish o‘tkazishimiz kerak.

«Elektr yo‘q, gaz yo‘q», yozilayotgan qancha savol bo‘lsa shularning hammasi bir xil mazmunda. «Sizlar blogerlar va xalqning tanqidlariga ham e’tibor berasizlarmi, xalqni eshitasizlarmi?», deya savol berishyapti. Albatta kuzatamiz. Shu yerda o‘tirib ham yuzlab, minglab izohlarni o‘qib o‘tiribmiz.

Men sizlarga va’da beraman, bizning tegishli qo‘mitamiz – Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi mana shu masalani maxsus o‘rganib chiqadi
», deya Senat raisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tanzila Norboyeva Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyevga shu masalada tez kunlarda tanqidiy yig‘ilish o‘tkazish vazifasini yuklagan.

«Senat va qonunchilik palatasining yalpi majlisida shu masala bo‘yicha vazirlarning hisobotlarini eshitamiz. Nima uchun prezident islohotlari joylarga yetib bormayapti?

Mana shu savolga javob olishimiz kerak. Mutasaddilar javob bersin. Mablag‘dan muammo yo‘q-ku? Hech qanday muammo yo‘q. Nega u (gaz va elektr energiyasi) joylarga yetib bormayapti? Nima uchun xalq bizdan norozi? Biz buni tez kunlarda ko‘rib chiqamiz. Biz yalpi majlisni ham kutib o‘tirmaymiz, tezda axborot beramiz. Davlat rahbariga albatta bu masala bo‘yicha axborot beramiz
», degan u.

Bundan avvalroq Kun.uz saytida ayni paytda onlayn efirga uzatilayotgan ushbu yig‘ilish efiri ostida tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yozilayotgan izohlar bo‘yicha xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanzila Norboyeva gaz va elektr muammosi tezda o‘rganib chiqilishiga va’da berdi