07:30 / 21.11.2020
1 786

Fohishalarning reklamasi bilan shug‘ullanuvchi shaxs qo‘lga tushdi

Fohishalarning reklamasi bilan shug‘ullanuvchi shaxs qo‘lga tushdi
Foto: «IIV.UZ»
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkentda olti yildan buyon fohishalik bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh a’zolari qo‘lga olingan.

Toshkent viloyati DXX, Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 32 yoshli «Sevara» ismli ayol o‘zining uch nafar jinoiy sheriklari va boshqalar bilan uyushgan guruh tashkil etib, 6 yil mobaynida, ya’ni 2014 yildan 2020 yil shu davriga qadar Toshkent shahrining turli joylaridan bir nechta ijaraga olingan uylarda, qo‘shmachilik, fohishaxona tashkil qilish, fohishalik bilan shug‘ullantirish orqali pulga muhtoj ayollarni ma’lum miqdordagi pullar evaziga boshqa erkaklar bilan muttasil ravishda jinsiy aloqada bo‘lishlariga undab, bu ish uchun ularga sharoit yaratib kelganligi, shuningdek, olgan daromadlarni guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlab kelganligi aniqlanib, ushbu guruh a’zolari qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan «Sevara» ismli shaxs va uning 3 nafar jinoiy sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 4-qismi «b, v» bandlari va 135-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent viloyati Prokuraturasi, IIBB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu jinoiy guruhning yana bir faol a’zosi 18 noyabr kuni qo‘lga olindi.

Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, o‘zini «Roma» deb tanishtiruvchi ushbu shaxs — 1988 yilda tug‘ilgan Yashnobod tumanida yashovchi T.M. ekanligi, fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish va odam savdosi kabi jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi guruhning faol a’zosi ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, surushtiruv davomida u moddiy (har bir e’lon uchun 50 dan 500 AQSH dollarigacha) daromad evaziga, jinsiy xizmat ko‘rsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati e’lonlarini, bir qator yoshlar orasida ommalashgan saytlar («uzpopka.com», «chpok.uz» hamda «Massajistki Tashkenta»), shuningdek, telegram, instagram, tik tok va ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlangan va uning yashash xonadoni tintuvdan o‘tkazilgan.

Tintuv davomida: 29 014 AQSH dollari; 4.880.000 so‘m pul; 10 dona plastik kartochkalar; 2 dona chegirma plastik kartochkalari; 4 dona xorijiy davlatlarning ishlatilmagan va 2 dona ishlatilgan SIM-kartalar; 2 dona elektron xotira (flesh karta); 3 dona «Redmi» rusumli telefon apparati; 1 dona «HP» noutbuk va boshqa noqonuniy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan viloyat IIBB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Fohishalarning reklamasi bilan shug‘ullanuvchi shaxs qo‘lga tushdi