3 626
«Har kuz-qishida shu bo‘lar takror» – gaz zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelmoqda
Farg‘onada metanga navbat.
Olimjon Haydarov fotosi.
Farg‘ona viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 2020 yil 19 noyabr kuni umuman faoliyat ko‘rsatmagan. Bunga zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar sabab bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda «Daryo».
Qayd etilishicha, Farg‘onadagi 117 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 2020 yil 1 noyabrdan boshlab tong soat 06:00 dan kech soat 18:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazilgan.
Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga har kuni soat 18:00 dan tonggi soat 6:00 gacha gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.
So‘nggi kunlarda viloyatdagi gaz zapravkalar oldida navbatlar yuzaga kelishni boshlagan. Ayrimlarida esa kunduzi ham gaz yetkazib berishda soatlab uzilishlar kuzatilmoqda.
Haydovchilarning ma’lum qilishicha, turnaqator navbatlar tufayli avtomobilga gaz to‘ldirish uchun ikki-uch soat, ba’zida besh-olti soat vaqt ketmoqda.
Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar boshqa viloyatlarda ham o‘rnatilmoqda. Xususan kuni kecha «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali Sirdaryo viloyatida shu yilning 1 dekabrigacha hududda joylashgan avtomabillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ta’minoti kech soat 19.00 dan ertalab soat 07.00 ga qadar cheklanishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin