11:30 / 22.11.2020
3 857

Xaridorlar Toshkent rastalarini bosib ketgan "loyqa rang tuxum"lardan shikoyat qilishmoqda

Xaridorlar Toshkent rastalarini bosib ketgan "loyqa rang tuxum"lardan shikoyat qilishmoqda
"Potrebitel.uz" hamjamiyatining telegramdagi sahifasida "loyqarang tuxumlar" muammosi ko‘tarildi. Guruh ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, tuxumlar badbo‘y hidga yoki ta’mga ega emas, ammo ko‘rinishidan har qanday ishtahani bo‘g‘ishga qodir. Xaridorlar bunday tuxumlar sotilgan 300dan ortiq manzillarni aytib o‘tishgan.

Xususan, Havas, "Makro", "Korzinka", Green Apple kabi supermarketlar, Toshkentning deyarli barcha yirik bozorlarida shunday tuxumlar sotilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatidan ham "loyqa rang tuxumlar"dan shikoyatlar bo‘lgan.

Hamjamiyat administratori Liliya Nikolenkoning aytishicha, tuxumlar Master Chef va 365 kun markalari ostida, katta yashil rangdagi "M" harfi tushirilgan yorliqlarga o‘ralgan, shuningdek, yorliqlarsiz ham sotilgan.

"Parranda sanoat" uyushmasi ushbu shikoyatlarga javoban, tuxum sarig‘ining loyqa rangga kelib qolishi sababini tuxum qo‘yadigan tovuqlarning noto‘g‘ri oziqlantirilishida, deya tushuntirgan.

Tovuqlar ratsioniga kombikormning umumiy hajmidan 3%gacha paxta chigitini kiritishga ruxsat berilgan. Ammo soya va kungaboqar to‘ponining qimmatlashuvi va tanqisligi tufayli parranda fermalari bu raqamni 5-8%gacha ko‘tarishga majbur qilgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, tuxum qo‘yadigan tovuqlar ratsioniga oziq-ovqat mahsulotlari (kotlet, baliq, jo‘ja, bo‘g‘irsoq, kartoshka chipslari) qovurilishidan qolgan qayta ishlangan o‘simlik yog‘i qo‘shilishi ham tuxum sarig‘ining loyqa rangga aylanishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Parranda boquvchilarining so‘nggi vaqtlarda qayta ishlangan yog‘ni sotib olish haqidagi e’lonlari bu versiyani bilvosita tasdiqlamoqda.

"Potrebitel.uz" uyushmasi barcha parranda boqiladigan fabrikalarga parrandalar ratsioniga amal qilish va ratsion sifatini yaxshilash, shuningdek, kombikorm tarkibiga kiruvchi yem komponentlarini sinchkovlik bilan tahlil qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni tavsiya etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yirik supermarketlar tarmog‘i hozirda "loyqarang" tuxumlarni savdodan olish bo‘yicha choralarni ko‘rgan. Xaridorlarga esa, agar ular olgan tuxum sarig‘i loyqarang chiqqan taqdirda, mahsulotni do‘konga olib borib, pulni qaytarib olish maslahat berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xaridorlar Toshkent rastalarini bosib ketgan "loyqa rang tuxum"lardan shikoyat qilishmoqda