21:09 / 22.11.2020
3 103

Yakkabog‘da elektr yo‘qligidan minglab tovuqlar nobud bo‘ldi

Yakkabog‘da elektr yo‘qligidan minglab tovuqlar nobud bo‘ldi
Foto: Kapitan Karimov.
So‘nggi haftada O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasi va gaz ta’minotida jiddiy uzilishlar bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosurat va videolarga ko‘ra, hududlarda ba’zi tadbirkorlar bu holatdan jiddiy zarar ko‘rishgan.

Ayniqsa, 5200 ta tovug‘i nobud bo‘lgan yakkabog‘lik ishbilarmon haqidagi video kanallarda ko‘p «aylanmoqda». Izohda yozilishicha, uch kun chiroq bo‘lmaganiga shu hodisa yuz bergan.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘onda issiqxonada ham sabzavotlarga elektr yo‘qligi sabab jiddiy talofot yetgan. Tadbirkorning ko‘rgan zarari 35 ming dollar atrofida baholanmoqda.

Foto: Troll.uz
Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi To‘raqo‘rg‘on IESida ro‘y bergan avariya tufayli ko‘pchilik viloyatlarda ta’minot uzilib qolgani haqida bayonot bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkabog‘da elektr yo‘qligidan minglab tovuqlar nobud bo‘ldi