16:23 / 23.11.2020
2 331

Fanlar akademiyasiga tegishli bo‘lgan sayt hakerlik hujumiga uchradi

Fanlar akademiyasiga tegishli bo‘lgan sayt hakerlik hujumiga uchradi
Foto: Globallookpress
Fanlar akademiyasiga tegishli bo‘lgan veb-saytga hakerlik hujumi amalga oshirildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hakerlik hujumi uyushtirilgan veb-sayt O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti veb-sayti bo‘lib, mazkur holat Institut mas’ul xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

«Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasining veb-saytini takomillashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi. Saytga qo‘yilgan bank plastik karta egasi aniqlandi», - deyiladi ma’lumotda.

Eslatilishicha, kiberjinoyat uchun javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Kodeksning 278-5-moddasiga ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek, kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):
- 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
- 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fanlar akademiyasiga tegishli bo‘lgan sayt hakerlik hujumiga uchradi