17:25 / 23.11.2020
2 380

Ish jarayonida nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarning 186,4 mln.so‘m tovon pullari undirib berildi

Ish jarayonida nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarning 186,4 mln.so‘m tovon pullari undirib berildi
Ma’lumki, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida mehnat shartnomasining tuzilishi taraflar uchun muayyan huquq va majburiyatlarning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Ushbu huquq va majburiyatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan bo‘lib, xodimlar, ish beruvchilar, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi.
Xodimning mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan to‘liq hajmda to‘lanishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Sardoba tuman bo‘limi ish yurituviga, Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining 25.03.2020 yildagi va 23.09.2020 yildagi jami 2 ta ijro hujjatlarida qarzdor “Paxtaobod paxta tozalash” AJdan undiruvchi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sardoba tuman bo‘limi foydasiga 117 259 ming so‘m hamda 69 200 ming so‘m undirish haqidagi ijro hujjatlari 12.05.2020 yilda, 07.10.2020 yilda kelib tushgan.

Ushbu ijro hujjatlarii bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan kundan davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlari ijro etish to‘g‘risidagi Qonun”ning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va taraflarga yuborilgan.

Shuningdek qarzdor “Paxtaobod paxta tozalash” AJning bankdagi hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilib barcha hisob raqamlariga band solindi.

O‘z vaqtida olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 16.11.2020 yilda har ikkala ijro hujjati bo‘yicha jami 186 459 ming so‘m budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sardoba tuman bo‘limi foydasiga undirib berildi.

Ushbu mablag‘lar, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sardoba tuman bo‘limi tomonidan “Paxtaobod paxta tozalash” AJda ish jarayonida mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi oqibatida nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarga beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ish jarayonida nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarning 186,4 mln.so‘m tovon pullari undirib berildi