17:47 / 23.11.2020
2 130

Taxtako‘pirda MIB yordami bilan fuqaro bog‘chaga ishga tiklanib, haqi undirildi

Taxtako‘pirda MIB yordami bilan fuqaro bog‘chaga ishga tiklanib, haqi undirildi
Majburiy ijro byurosi Taxtako‘pir tumani bo‘limi ish yurituvida Chimboy tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 26.06.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan, javobgar Taxtako‘pir tumani 7-sonli maktabgacha talim muassasasidan da’vogar A.Duysenbayevani ushbu maktabgacha talim muassasasiga psixolog lavozimiga ishga tiklash hamda unga 16 mln. 122,0 ming so‘m ish hakisini undirib berish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan va shu kuni ijro ishini yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

Majburiy ijro xarakatlari davomida, dastlab tomonlarga mazkur qarorning nusxalari va muassasa rahbari nomiga mazkur ijro hujjatini bajarilishini ta’minlash, aks holda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlari tushuntirilgan holda ogohlantirish xati yuborilgan.
Natijada, fuqaro A.Duysenbayeva Taxtako‘pir tumani 7-sonli maktabgacha talim muassasasi rahbarining bo‘yrug‘iga asosan ishga tiklandi va uning foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 16 mln.122 ming so‘m ish haki to‘liq undirildi.

Shu bois, mazkur ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taxtako‘pirda MIB yordami bilan fuqaro bog‘chaga ishga tiklanib, haqi undirildi