18:53 / 23.11.2020
2 504

Qibrayda ikki kishi o‘limiga olib kelgan gaz portlashi sababi ma’lum qilindi

Qibrayda ikki kishi o‘limiga olib kelgan gaz portlashi sababi ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi Qibraydagi xonadonlardan birida ikki kishi o‘limi bilan yakunlangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi holatini o‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumot berdi.

«Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshirishda gaz chaqnashi yuz bergan uy yonida o‘rnatilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash moslamasi (GTM)ga ulangan va yer ostidan o‘tkazilgan polietilen gaz quvurining montaj ishlari o‘ta sifatsiz amalga oshirilgani aniqlangan.

Buning oqibatida uyga yaqin oraliqdagi yer ostidagi polietilen gaz quvurining ulanish qismida yoriq yuzaga kelib, undan tabiiy gaz sizib chiqib, xonadon yerto‘lasida to‘plangan va o‘z navbatida gaz chaqnashi sodir bo‘lgan
», deyiladi bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 23 noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
22 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qibrayda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda ikki kishi o‘limiga olib kelgan gaz portlashi sababi ma’lum qilindi