00:23 / 24.11.2020
6 181

Ayol kishini yechintirib, videoga olganlar yuzasidan ma’lumot berildi

Ayol kishini yechintirib, videoga olganlar yuzasidan ma’lumot berildi
Ichki ishlar vazirligi ayol kishini yechintirib, jarayonni videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm shevasida so‘zlayotgan bir guruh ayollar tomonidan boshqa bir ayol kishini qizlik iffati yo‘qligini ro‘kach qilib yechintirib uyali telefoni orqali olgan videotasvir tarqaldi.

Ushbu videolavhadagi holat qachon, qayerda sodir bo‘lganligi va jarayon ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borildi.

Olib borilgan surushtiruv jarayonida mazkur holat joriy yilning 7 oktabr kuni Urganch shahrida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Jarayon ishtirokchilarining shaxsi to‘liq aniqlangan bo‘lib, tergov manfaatlari va jabrlanuvchining shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash maqsadida ishtirokchilarning ism-shariflari oshkor etilmaydi.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda turli ko‘rinishda foydalanish qonun bilan ta’qib qilinadi.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan shaxslarning javobgarlik masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol kishini yechintirib, videoga olganlar yuzasidan ma’lumot berildi