08:36 / 24.11.2020
3 140

Adliya vazirligi sohadagi kamchilik va muammolar to‘g‘risida ma’lumot berdi

Adliya vazirligi sohadagi kamchilik va muammolar to‘g‘risida ma’lumot berdi
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
23 noyabr kuni Adliya vazirligida respublikada qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, bu boradagi mavjud muammolar hamda tahliliy o‘rganishlar natijasida ko‘rilgan zarur choralar, xususan, vazirlik qoshida ochilgan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyati va unga yuklatilgan vazifalar muhokama qilindi.

Vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, Adliya vazirligi qonun hujjatlaridan aholi qanchalik xabardorligi va targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi, bu boradagi mavjud kamchilik va muammolarni tahliliy o‘rganib chiqdi hamda quyidagi xulosalarga keldi.

Qayd etilishicha, tahlil natijalari, birinchi navbatda, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi ustida ishlash zarurligini ko‘rsatdi. Chunki millionlab aholining o‘z huquqlarini bilishini ortidan quvishdan ko‘ra, davlat organlarida qonuniylikni ta’minlagan afzalroqdir. Davlat organlari va xizmatchilari o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishi kerak, fuqarolar huquqlarini poymol qilmasliklari kerak.

Noqonuniy qarorlar qabul qilish amaliyotining mavjudligi. Bu holat mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida ko‘proq kuzatilgan.

Ikkinchidan, aksariyat vazirlik va idoralar o‘zlariga tegishli qonun hujjatlarini aholiga to‘g‘ri tushuntirish masalasiga ikkinchi darajali ish sifatida qarab kelmoqda.

Uchinchidan, huquqiy axborotni tarqatish, ularning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishda ommaviy axborot vositalarining, jurnalist va blogerlarning roli benihoya katta. Biroq ayrim hollarda talqin qilishda noaniqlik oqibatida jamoatchilik fikri chalg‘ishi, aholining davlat organlariga ishonchsizligiga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot berilishicha, “Shu yerda va hoziroq” tamoyili asosida fuqarolarga barcha dolzarb va zarur huquqiy ma’lumotlarni taqdim qiluvchi yangilangan e-maslahat.uz interaktiv huquqiy portalini (saytini) takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, barcha aholi qatlamlarini bepul huquqiy maslahat bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi 5ta huquqiy portal (advice.uz – e-maslahat.uz, Milliy huquqiy internet portali, bolahuquqlari.uz, test.adliya.uz, hudud24.uz) hamda tadbirkorlar uchun bepul huquqiy ma’lumot va maslahat oladigan “Advice for business” yuridik portali ishga tushirilganligiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Anjumanda, “Ochiq adliya” tizimi qanday ishlayotganligiga oid ma’lumotlar ham taqdim qilindi. Xususan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillariga adliya organlari binolarida mobil telefondan, audio-video yozish moslamalaridan foydalanishga ruxsat berish xodimlarning hushyorligini yanada oshirganligi, o‘z vazifalarini lozim darajada bajara olmayotgan xodimlar reytingini shakllantirib, ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi, xodimning aybi bilan bog‘liq holatlar boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun keng yoritilayotganligi, moliyaviy ahvoldan xabardorlikda shaffoflik bo‘lishi uchun vazirlikning veb-saytida ma’lumotlar berib borilayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlar, ishlab chiqilgan yuridik hujjatlar va ularning samaradorligi, eskirgan idoraviy hujjatlarni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish, norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi sohadagi kamchilik va muammolar to‘g‘risida ma’lumot berdi