Fuqarolarning pensiya va nafaqalar tayinlanishi uchun murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va taqdim etilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligini o‘rganish yuzasidan Pensiya jamg‘armasi tomonidan doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.
Monitoringlar davomida davlat pensiyalarini tayinlashda taqdim etilayotgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning haqqoniyligini o‘rganilganda “O‘zarxiv” agentligi tasarrufidagi ayrim arxiv idoralari tomonidan soxta ma’lumotlar taqdim etilayotganligi holatlari aniqlanmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyatida joriy yilda o‘tkazilgan o‘rganishlarda, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani shaxsiy tarkib hujjatlari, Davlat arxivi tomonidan mazkur arxiv fondi saqlovida bo‘lgan kitoblarda ayrim fuqarolarning ish haqi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlari shubha uyg‘otib, qayta o‘rganilganda ushbu tumanda yashovchi fuqaro B.K.ga 1995-2004 yillarda ishlaganligi haqidagi 04.11.2020 yildagi ish haqi ma’lumotnomasi arxiv fondida saqlanayotgan birlamchi hujjatlar bilan solishtirilganda, fuqaro B.K.ning ismi-sharifi kitobning oxirgi qatorlariga boshqa siyohli ruchkada qo‘shimcha ravishda qo‘shib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
Xuddi shuningdek, Sherobod tumani Davlat arxivi tomonidan shu tumanda yashovchi fuqaro Ch.D.ga, Termiz shahrida yashovchi fuqaro M.S.ga, Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro S.J.ga va Angor tumanida yashovchi fuqaro K.T.larga ham arxiv fondida saqlanayotgan tugatilgan yoki arxiv fondiga hujjat taqdim qilgan boshqa korxona va tashkilotlarning ish haqi hisoblash kitoblarining oxirgi qatorlariga boshqa ruchka va boshqa yozuvlar bilan qo‘shib yozilgan arxiv ma’lumotnomalari taqdim qilinganligi aniqlangan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan va shu kunlarda aniqlanayotgan holatlar Pensiya jamg‘armasining mas’ullari tomonidan tahlil qilinib, huquqiy baho berish maqsadida to‘plangan o‘ranish materiallari huquqni muofaza qilish idoralariga o‘tkazildi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, Pensiya jamg‘armasining pensiya ta’minoti uchun yo‘naltirilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanish Pensiya jamg‘armasi sohasida ishlovchi har bir xodimning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»