O‘zbekiston Energetika vazirligining axborot xizmati issiqxona xo‘jaliklari tabiiy gazning mavsumiy iste’molchilari bo‘lib, bu haqda gaz ta’minoti tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarida o‘z aksini topgani, hujjatlarga ko‘ra, kuz-qish davrida mavsumiy iste’molchilar kamida uch oy davomida foydalanishi uchun muqobil yoqilg‘i – ko‘mir mahsulotlari zaxirasiga ega bo‘lishlari kerakligini ma’lum qildi.
«Issiqxonalar rahbarlariga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun mavsumiy gaz cheklovlari va uni iste’mol qilish hajmining o‘sishi, aholi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar, masalan mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan issiqlik elektr stansiyalari tomonidan muqobil yoqilg‘i turiga to‘liq o‘tishning muhimligi tushuntirilmoqda», — deyiladi Energetika vazirligining axborotida.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra tabiiy gaz o‘rniga ko‘mir mahsulotidan to‘liq foydalanishga o‘tgan issiqxona xo‘jaliklari yoqilg‘ining mazkur muqobil turiga o‘tish bo‘yicha tajribalarini va tegishli hisob-kitoblarni bir necha bor taqdim qilgan. Shuningdek, ular ko‘mir yoqilg‘isini ishlatgan holda doim o‘z bilimlari va issiqxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxining uchdan bir qismga kamaytirishga imkon beradigan amaliy ishlari bilan fikr almashishga tayyor.
«Bunday tajribani o‘rganish va uni bugungi kunda amalda har bir issiqxonada qo‘llash kerak, chunki butun yil davomida bo‘lmasa ham, kuz-qish davrida ular yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanishi va shartnomada nazarda tutilganidek, ularga mos keladigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak», — deyilgan xabarda.
Avval Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli ko‘plab sabzavotlar yetishtirilayotgan issiqxona muzlab qolgani, oqibatda taxminan 35 ming dollarlik sabzavotlar nobud bo‘lgani xabar qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, boy berilgan foyda hisoblab chiqilsa, zarar 2 yoki 3 karra ko‘payishi ham mumkin.
Avval Surxondaryoda elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan rasmiy izoh berilgan, Farg‘ona viloyatida elektr energiyasi ta’minotida 28 soatgacha uzilishlar kuzatilayotgani xabar qilingan.
Taxiatosh IES sovuq kunlarda qariyb bir yarim kun ishlamay qolgan. Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi tug‘ruqxonada elektr ta’minotida uzilish kuzatilgani yuzasidan izoh berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

MIBning qator vakolatlari tegishli tashkilotlarga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligiga qachon barham beriladi?

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik va shamol elektr stansiyalari quradi

Qo‘chqorov: «Prezidentga kiritilgan loyihada narxlar bundan ham baland edi»

Moliya vazirligi: 1 iyundan svet va gazning narxi oshmaydigan bo‘ldi

Hukumat qarori: Elektr energiyasi narxi 16 noyabrdan boshlab oshadigan bo‘ldi