Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari yo‘nalishli avtobusda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtobus joriy yilning 24 noyabr kuni soat 06:13da Toshkent kichik halqa yo‘lida, 116-sonli yo‘nalishli avtobus haydovchisi ilk yo‘lovchilarni olib ketish maqsadida avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan.
Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi. Soat 06:26da yong‘in qurshab olingan va soat 06:39da to‘liq bartaraf etildi.
Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o‘z vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jizzaxda haydovchi yonayotgan mashinadan chiqib ketishga ulgurdi

Qamchiq dovonida Mercedes furgoni yonib ketdi

Sirdaryo avtotrassasida yuk avtomobili yonib ketdi

Bulung‘urda qariyb 22 tonna bo‘yoq olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yonib ketgan avtobus 86-marshrutga tegishli bo‘lgani ma’lum qilindi