11:38 / 25.11.2020
2 164

MIB faoliyatidan: Toshkent viloyatida oilalar tiklanmoqda

MIB faoliyatidan: Toshkent viloyatida oilalar tiklanmoqda
Ma’lumki joriy yilning 17 noyabr kuni davlatimiz rahbari boshchiligida “Sud va boshqa organ qarorlarining ijro etish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari yuzasidan” videoselektor o‘tkazildi. Unda bugungi kunda ijro sohasida olib borilayotgan ishlar, yuzaga kelgan muammolar keng muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Jumladan sud va boshqa organ qarorlarining ijrosini so‘zsiz va sifatli ta’minlash, bunda davlat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor vazifa, shu bois ijro sohasini yangi bosqichga olib chiqish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda mazkur vazifalar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi yuklatilgan. Hozirda tizim tomonidan sud va boshqa 30 dan ortiq idoralar tomonidan chiqarilgan qarorlar ijro etiladi.

Jumladan, fuqarolik sudlari tomonidan taqdim etiladigan aliment qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlari Byuro organlari ish yurituvida salmoqli qismni tashkil etadi. O‘tkazilgan videoselektorda Prezidentimiz tomonidan ijro sohasida aliment undiruvlar eng og‘riqli nuqta ekanligi va bugungi kunda 68% murojaatlar aynan shu turdagi ijro hujjatlari yuzasidan ekanligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur muammoga e’tiborni kuchaytirish va aliment qarzdorliklarni muddatida undirib berish, shu bilan bir qatorda voyaga yetmagan farzandlarning kelajagi oilaning butligi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tushungan xolda, Byuro organlari tomonidan tomonlarni yarashtirish va kelishtirish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida, joriy yilning o‘tgan davrida birgina Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2 mingdan ortiq oilalarni yarashtirishga erishildi.

Videselektorda qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan xolda, shu yilning 18 noyabr kunidan boshlab viloyatning tuman va shahar bo‘limlarida bu bo‘yicha tadbir o‘tkazilmoqda. Jumladan tadbir davomida yana 46 ta oilalarni yarashtirishga erishildi. Misol uchun Oqqo‘rg‘on tumanida 10 ta, Qibray tumanida 11 ta, Chirchiq shahrida 11 ta, O‘rta-Chirchiq tumanida 7 ta, Bekabod tuman va shaharda 7 oilalar kelishtirildi va buning natijasida bo‘lim ish yurituvidagi mazkur ijro hujjatlari qonun talablari asosida tamomlandi.

Bu kabi tadbirlar Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman va shahar bo‘limlarida davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: Toshkent viloyatida oilalar tiklanmoqda