Toshkent viloyatida ammasining qizini himoya qilaman degan yigitga og‘ir tan jarohati yetkazildi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2020 yilning 17 noyabr kuni 19 yoshli Husniddin O. hamda 18 yoshli Jamshidbek I. o‘rtasida janjal chiqadi. Ammasining qiziga gapirganligi sababli Jamshidbek I. Husniddin O.ning yuziga tarsaki tushiradi.
Bundan g‘azablangan Husniddin O. o‘ch olish maqsadida 2020 yilning 18 noyabr kuni soat 13:00 da, o‘zining qarindoshlari 21 yoshli Zuxriddin O. va 18 yoshli Baxtiyor A. lar bilan birga, Angren shahar, Ibn Sino mahallasida joylashgan «Nur» to‘yxonasining orqa qismida Jamshidbek I.ni qo‘l-oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib, tepib tan jarohati yetkazishadi.
Natijada Jamshidbek I. tan jarohatlari bilan Angren shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Jamshidbek I. «og‘ir» tan jarohati olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Husniddin O., Zuxriddin O. va Baxtiyor A. lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi