11:39 / 26.11.2020
2 795

Samarqandda qimmatbaho toshlarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqandda qimmatbaho toshlarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi
DXX xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida qimmatbaho toshlarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Samarqand shahrida yashovchi 1955, 1956 va 1970 y.t. 3 nafar fuqaro umumiy bahosi 1 mln. 61 ming so‘mlik 18 dona xrizopraz va 65 dona berill toshlarini 500 karatli zumrad toshlar, deya aldab 50 ming AQSH dollariga, shuningdek, zargarlar tomonidan mukammal ishlov berilmaganligi uchun hozirgi bahosi 3 mln. 116 ming so‘mni tashkil etuvchi, tarkibida olmoslar bo‘lgan kumush taqinchoqni 50 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Bundan tashqari, 1956 y.t. fuqaroning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda yoqut, olmos kabi qimmatbaho toshlar va qadimiy tilla uzuklar borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy bahosi 4 mlrd. 755,5 mln. so‘mlik qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Surishtiruv jarayonlarida ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar ko‘p yillardan buyon xorijdan bunday qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kelib, sotish bilan shug‘ullanishgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda qimmatbaho toshlarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi