15:33 / 26.11.2020
2 389

Qo‘qonda 300 dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, o‘smirni aldab ketgan shaxslardan biri qo‘lga olindi

Qo‘qonda 300 dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, o‘smirni aldab ketgan shaxslardan biri qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida noma’lum shaxslar 17 yoshli fuqarodan 300 AQSH dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, pulni bir qismini berib qolgan qismini bermay qochib ketdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 19 noyabr kuni soat 11:30 da, noma’lum shaxslar Qo‘qon shahar Furqat ko‘chasida fuqaro 17 yoshli Jaloliddin Sh.ga 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarini so‘mga almashtirib berishini aytgan. Ular Jaloliddinga 150 ming so‘m pullarni berib, undan 300 AQSH dollarini olgan. Qolgan pullarni avtomashinadan olib berishini aytib, qora rangli Spark avtomashinaga chiqib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro 22 yoshli Shavkatjon M. va tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan Islom va Elyor ismli shaxslar bilan oldindan til biriktirib sodir etganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaro Shavkatjon M. hamda boshqa noma’lum shaxslarga nisbatan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Shavkatjon M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Shavkatjon M.ning jinoiy sheriklarini shaxsini aniqlash maqsadida, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda 300 dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, o‘smirni aldab ketgan shaxslardan biri qo‘lga olindi