16:05 / 26.11.2020
2 472

Toshkent viloyatida noqonuniy pirotexnika va dori vositalari ushlab qolindi

Toshkent viloyatida noqonuniy pirotexnika va dori vositalari ushlab qolindi
Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmati
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» muntazam yo‘l patrul xizmati maskanida xizmat o‘tayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari 25 noyabr kuni soat taxminan tungi 01:00 larda Farg‘ona–Toshkent yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia haydovchisini to‘xtatib noqonuniy pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘ydi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi transport vositasidan tekshiruv vaqtida 276 dona «Zolotoy pesok» pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.

«Haydovchi mazkur pirotexnika vositalarini olib yurish noqonuniy ekanligini bilmaganligini aytdi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, inspektorlar Qo‘qon–Toshkent yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Hyundai porter’ni ham to‘xtatgan. Mashina yukxonasida hech qanday tegishli hujjatlarsiz turli xildagi tibbiyot dori vositalari olib ketayotganligi aniqlangan.

Namangan viloyatining Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi R.A. avtomobilga ortilayotgan yukning nima ekanligi, uning tegishli hujjatlari bor yo‘qligi bilan qiziqmagan.

«Mo‘may daromad orttirishni ixtiyor qilib, qing‘ir yo‘lni tanlagan bu fuqarolar endi qilmishlari uchun qonun oldida javob berishadi», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida noqonuniy pirotexnika va dori vositalari ushlab qolindi