1 115
Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolati IIVdan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolatining Ichki ishlar vazirligidan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bergan axborotida aytib o‘tildi, deb ma’lum qildi deputat Rasul Kusherbayev.
Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko‘ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to‘liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi. Bu jarayonning 2021 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.
«Umid qilamizki, bu haydovchilik mas’uliyatini oshirib, yo‘llarimizda madaniyatli haydovchilar ko‘payishiga xizmat qiladi», — deya qo‘shimcha qilgan deputat.
Avvalroq «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqida petitsiya e’lon qilingandi.
IIV YHXBB mazkur petitsiyaga munosabat bildirib, 16 yoshli bolalarda hali «men» degan fikr so‘nmagan bo‘lishi, maqtanishni, oliftalikni yaxshi ko‘rishi, buning oqibatida esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik, mensimaslik yoki qasddan tengdoshlariga, do‘stlariga avtomobilini maqtanish uchun yo‘l harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkinligi haqida aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yana bir xususiy bandlik agentligiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda

Yana bir xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga nisbatan tergov harakatlari boshlandi

Xususiy bandlik agentliklari faoliyatida bir qator o‘zgarishlar kutilmoqda

Bandlik agentliklari nega litsenziyadan ayrildi?

Yana bir xususiy bandlik agentligidagi firibgarliklar fosh etildi

Xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan MCHJ rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi