10:02 / 28.11.2020
2 275

Yuk avtomobillarining Toshkentga kirib-chiqishi cheklanishi mumkin

Yuk avtomobillarining Toshkentga kirib-chiqishi cheklanishi mumkin
Yuk avtomobillari uchun Toshkent shahriga kirib-chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan yo‘llarda tirbandlikning oldini olish maqsadida ertalab soat 7:00-10:00 va kechki 17:00-20:00 vaqtlar oralig‘ida Toshkent shahriga og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining kirib chiqishini cheklash haqida qaror qabul qilish taklifi kiritilgan.

Ushbu masala tez kunlarda Toshkent shahar kengashi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgani aytiladi
Agar deputatlar bu qarorni qabul qilishsa Toshkentda tirbandliklar biroz bo‘lsa ham kamayadi, deb umid qilamiz”, - deb yozadi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk avtomobillarining Toshkentga kirib-chiqishi cheklanishi mumkin