11:30 / 28.11.2020
2 888

“Kobalt”dagi nayrang ish bermadi

“Kobalt”dagi nayrang ish bermadi
Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tezkor xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Sirdaryo tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro M.J. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli yengil avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, tadbir ishtirochilari ishtirokida ushbu avtotransport vositasining saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtoulovda xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 41,3 million so‘mlik 57 605 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kobalt”dagi nayrang ish bermadi