12:53 / 28.11.2020
2 653

MIB: davlat ijrochilari uchun o‘quv seminar

MIB: davlat ijrochilari uchun o‘quv seminar
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va Namangan Davlat Universiteti hamkorligida tasdiqlangan memorandumga asosan davlat ijrochilari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.

Ma’lumki, joriy yilning 24 noyabr kuni Prezidentimiz tomonlaridan “Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari imzolandi.

Mazkur Farmonga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish, shuningdek davlat ijrochilari oldidagi to‘siqlarni bartaraf etish, ularga ko‘maklashish, ijro sohasida bo‘layotgan turli nomaqbulchilikni oldini olish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan.

Aynan Farmon, unda belgilab berilgan muhim vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etilgan o‘quv seminarining dastlabkisida shahar va tumanlar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan davlat ijrochilari taklif etildilar.

- Namangan Davlat Universiteti bilan imzolangan qo‘shma memorandiumning asosiy maqsadida Byuroning viloyat boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan 190 nafar davlat ijrochilarini kasbiy mahoratini, qolaversa ularni mas’uliyati va tashabbuskorligini oshirish, deydi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i E.Tadjibayev. Shuningdek, majburiy ijro harakatlari jarayonida ziddiyatli va nizoli holatlari keltirib chiqaradigan sabab hamda omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rib borishda ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

O‘quv seminar davomida yordamga muhtoj va og‘ir ahvolga tushib qolgan qarzdorlar bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha davlat ijrochilarining psixologik ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha Universitet qoshidagi “Psixologik xizmat markazi” ning malakali mutaxassilari tomonidan mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: davlat ijrochilari uchun o‘quv seminar