18:00 / 30.11.2020
3 208

Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargani ma’lum qilindi

Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargani ma’lum qilindi
Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari va yordamchilari tomonidan 8 milliard so‘m davlat mablag‘i talon-toroj qilingan. Bu haqda 30 noyabr kuni O‘zbekiston Oliy sudida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Umida To‘xtasheva «Odil sudlovni ta’minlash – O‘zbekistonni korrupsiyadan holi hududga aylantirishning muhim omili» mavzusidagi konferensiyada qilgan chiqishida davlat mablag‘larini talon-toroj qilishda sudyalar bilan bog‘liq jinoyatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Aytilishicha, hozirda Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahar ma’muriy sud sudyalari va xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«Sudning bir nechta sudyalari va ularning yordamchilari Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi xodimlari bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular yo‘l harakati qoidalari buzilganligi yuzasidan tuzilgan ma’muriy ishlarni kirim qilmasdan, taraflar ishtirokida ko‘rib chiqmasdan va ayrim ma’muriy ishlarni qasddan yo‘qotib 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargan», – dedi agentlik vakili.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, ushbu jinoyat natijasida 8 milliard so‘m davlat mablag‘i talon-toroj qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargani ma’lum qilindi