13:33 / 03.12.2020
2 513

Safoyev: Hukumat so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashni o‘zining asosiy burchi deb bilishi lozim

Safoyev: Hukumat so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashni o‘zining asosiy burchi deb bilishi lozim
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari» mavzusidagi davra suhbatida so‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekistondagi so‘z erkinligi, OAVning tutgani o‘rni keskin ravishda o‘zgargani haqida gapirdi.

«Ilgari Senat yalpi majlislariga kirish uchun akkreditatsiya qilish qanday mashaqqat bo‘lganini hamma yaxshi biladi. Hozir Senat majlislari nafaqat onlayn, balki interaktiv tarzda o‘tmoqda. Senat majlisida berilgan savollar, ko‘tarilgan masalalarni shu zahoti, shu joyning o‘zida hal qilishga intilish bor.

So‘zsiz, hech qanday shak-shubhasiz, OAV bugungi kunda xalq ovozi, to‘rtinchi hokimiyatga aylanib bormoqda. Hali balki katta ko‘p cho‘qqilarga yetganimiz yo‘q, lekin birinchi siljishlarni inkor qilish mumkin emas. Bu albatta muhim
», dedi Sodiq Safoyev.

U so‘z va matbuot erkinligisiz demokratiyaga erishib bo‘lmasligini ta’kidladi.

«BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining e’tirofi bo‘yicha so‘z erkinligi bu – inson rivojlanishining ajralmas bir omilidir. Biz mana shuni bilishimiz kerak. Agar bugun biz renessans haqida gapirayotgan bo‘lsak, insonning manfaatlari haqida gapirmoqchi bo‘lsak, bunga demokratiyasiz, so‘z va matbuot erkinligisiz erishib bo‘lmaydi. So‘z erkinligi, matbuot erkinligi - demokratiyaning qon aylanish tizimidir.

Hukumat faoliyati haqida aholini xabardor qilish, ayni vaqtda hukumatga xalq fikri, umidlari, balki noroziliklarini yetkazish, hokimiyat shaffofligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyat barqaror rivojlanishining omilidir. Hech qanday shak-shubhasiz, buni hammamiz tan olamiz, so‘z va matbuot erkinligi zamonamiz talabidir.

Agar o‘z vaqtida prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan mana shu islohotlar boshlanmaganida, agar jamiyatimizda so‘z, matbuot erkinligi joriy etilmaganida pandemiya sharoitida bizning ahvolimiz ancha murakkab bo‘lardi. Biz OAV, shu jumladan, elektron manbalar va blogerlarga aholining manfaatlarini, pandemiya davridagi muammolarini keskin ravishda ko‘targanligi uchun, uni hokimiyat oldida dadil qo‘yganlari uchun ham markazda, ham joylarda cheksiz minnatdor bo‘lishimiz kerak. Bugun shu so‘zni aytishni burchim deb bilaman.

Birinchi navbatda shuni tushunishimiz kerakki, hukumat, parlament, fuqarolik jamiyati so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, OAV huquq va imtiyozlarini kafolatlashni o‘zining asosiy burchi va vazifasi deb bilishi kerak. Buning uchun eng muhimi, davlat rahbarining siyosiy irodasi bor. Boshidan prezidentimiz bizning bugungi siyosatimizni amalga oshirishda OAV va ularning yangi shakllarini, blogerlar haqida nihoyatda muhim fikrlarni ilgari surganlar
», dedi Sodiq Safoyev Xalqaro press-klubdagi uchrashuvda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Safoyev: Hukumat so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashni o‘zining asosiy burchi deb bilishi lozim