21:31 / 04.12.2020
4 215

Olimlar koronavirusning yo‘lini to‘sadigan mahsulotlarni aniqlashdi

Olimlar koronavirusning yo‘lini to‘sadigan mahsulotlarni aniqlashdi
Foto: «Gastritinform.ru»
Shimoliy Karolina universiteti (AQSh) olimlari koronavirusning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ladigan mahsulotlarni aniqlashdi. Ular o‘z tadqiqotlari natijasini «Frontiers in Plant Science» nashrida chop etishdi.

Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, uzum va ko‘k choy tarkibidagi kimyoviy birikmalar odam organizmida virus tarqalishiga eng ko‘p to‘sqinlik qiladi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mahsulotlar tarkibida SARS-CoV-2 proteaza fermentining yo‘lini to‘sadigan modda mavjud.

Bundan tashqari, olimlar qora shokolad bilan kakao ham koronavirus fermentlari faolligini susaytirishi mumkinligini aniqlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirusning yo‘lini to‘sadigan mahsulotlarni aniqlashdi