11:13 / 05.12.2020
2 695

Toshkentda plastik kartadan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda plastik kartadan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB xodimlari plastik kartadan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga olishdi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning mart oyida 27 yoshli Natalya M. saytlardan birida mebel sotishi haqida e’lon joylagan. 7 mart kuni soat 20:00da unga erkak kishi telefon qilib, molni xarid qilmoqchi ekanligini aytgan. To‘lov uchun u qizdan bank kartasining raqami va tasdiqlash kodini so‘ragan.

Ma’lumotlarni olgach, g‘arazgo‘y o‘ziga 180.000.000 so‘m ko‘chirib olgan, deyiladi ma’lumotda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – 21 yoshli Javlonbek S. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda plastik kartadan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi