17:00 / 06.12.2020
2 828

Qarzdor ota ogohlantirildi, endi u jinoiy jazoga tortilishi mumkin

Qarzdor ota ogohlantirildi, endi u jinoiy jazoga tortilishi mumkin
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudining qaroriga asosan qarzdor M.Mamatovdan undiruvchi D.Rahmatullayevaning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan va sud qarori asosida sobiq sud ijrochilarining Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Davlat ijrochisining qarori bilan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 87-moddasiga asosan qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va mutasaddi idoralar tomonidan berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, qarzdorning shaxsiy egaligida undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan mulklari (uy-joy, kvartira, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari, avtomototransport vositalari, qimmatli qog‘ozlar, omonat jamg‘armalari) va boshqa daromadlari va uning yashash manzili belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda undirilishiga qaratiladigan mol-mulklari mavjud emasligi aniqlangan.

Qarzdor M.Mamatovning bugungi kungacha aliment to‘lovlardan qarzdorligi 23 mln. 409 ming so‘mni tashkil etgan. M.Mamatov farzandining moddiy ta’minoti uchun belgilangan aliment to‘lovlaridan qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan materiallar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47(4)-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik masalasini hal etish uchun Pastdarg‘om tuman ma’muriy sudiga berildi va sudning qarori bilan u ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, qarzdor ma’muriy javobgarlikka tortilgandan so‘ng ham aliment qarzdorligini qoplamagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor ota ogohlantirildi, endi u jinoiy jazoga tortilishi mumkin