16:30 / 08.12.2020
4 562

Majburiy sug‘urta turlari ro‘yxati e’lon qilindi

Majburiy sug‘urta turlari ro‘yxati e’lon qilindi
«Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan, majburiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiritilmoqda:
  • ish beruvchining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi;
  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi;
  • tashuvchining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi;
  • ob’ektlarni davlat mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urtasi.

Qayd etilishicha, Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining internet-resursidagi Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi elektron ariza shakliga quyidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi:
  • jismoniy shaxslar - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
  • yuridik shaxslar – soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
  • elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
  • mobil telefon raqami.

Qonun 3 bo‘lim, 8 bob va 145 moddadan tarkib topgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Majburiy sug‘urta turlari ro‘yxati e’lon qilindi