17:33 / 08.12.2020
2 961

AQSh O‘zbekistonni diniy erkinlik bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»dan chiqardi

AQSh O‘zbekistonni diniy erkinlik bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»dan chiqardi
Foto: fpc.org.uk
O‘zbekiston diniy erkinliklar bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati» (Special Watch List) dan chiqarilgani e’lon qilindi.

AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo tomonidan berilgan bayonotda diniy erkinlik bu insonning ajralmas huquqi ekani ta’kidlanarkan, bu borada xavotirga solayotgan mamlakatlar, «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»ga yangi kiritilganlar sanab o‘tiladi. Biroq «bo‘lishish uchun ijobiy o‘zgarishlar ham borligi» alohida qayd etiladi.

«O‘tgan yil davomida O‘zbekiston hukumati tomonidan erishilgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, O‘zbekiston Maxsus kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqarilganini e’lon qilishdan mamnunman. O‘zbekistonning qonunlari va amaliyotdagi jasorati boshqa millatlar uchun namuna bo‘lmoqda», deyiladi bayonotda.

Qayd etish lozimki, O‘zbekistonning din erkinligini ta’minlashda erishgan natijalari tan olinib, mamlakatimiz 2018 yilda alohida xavotirdagi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarilgandi. O‘zbekiston 2006 yildan beri ushbu «qora ro‘yxat»da qolib kelayotgandi.

O‘zbekistonda diniy erkinlik borasida amalga oshirilgan islohotlar tufayli mamlakatimiz 12 yildan so‘ng ushbu ro‘yxatdan chiqarilib, «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»ga o‘tkazilgandi.

Mana, ikki yil o‘tib, mamlakatimiz mazkur ro‘yxatdan ham chiqarildi. Bu O‘zbekiston uchun juda katta xalqaro e’tirofdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh O‘zbekistonni diniy erkinlik bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»dan chiqardi