19:11 / 08.12.2020
5 968

SSV: O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

SSV: O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat hozircha barqaror, lekin bu xotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Hindiston elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuvda fikr bildirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) axborotiga ko‘ra, uchrashuvda Hindiston elchisi O‘zbekistonda «koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholagan», shu sababli kasallik tarqalishi hozirgi vaqtda sezilarli darajada kamayganini e’tirof etgan.

«Vazir vaziyatning barqarorligi xotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmasligini aytdi. Boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, COVID-19’ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi, degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — deyiladi SSV xabarida.

Uchrashuvda elchi koronavirusga qarshi Hindiston vaksinalarini O‘zbekistonga taklif qilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Iyul oyida hukumat farmoyishiga muvofiq Toshkent shahrida «epidemiyaning ikkinchi to‘lqini natijasida» koronavirusga chalinganlar va u bilan bog‘liq o‘limlar soni keskin oshib ketgani uchun shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga «hayfsan» berilgani ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SSV: O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda