22:30 / 08.12.2020
6 039

Xonanda Ravshan Sobirovga dehqonchilik qilish uchun Qashqadaryodan 1 gektar yer ajratiladi

Xonanda Ravshan Sobirovga dehqonchilik qilish uchun Qashqadaryodan 1 gektar yer ajratiladi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi markaziy o‘yingohda «Davlatimiz kelajagi yoshlar qo‘lida» shiori ostida taniqli san’atkorlar ishtirokida madaniy-ko‘ngilochar konsert dasturi tashkil etildi.

Foto: G‘uzor tuman hokimligi axborot xizmati
G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, shu kuni tuman hokimi Bekzod Suyunovning taklifiga binoan san’atkor Ravshan Sobirov «Yoshlar shaharchasi»da bo‘lib, gulxan atrofida yoshlar bilan suhbatlashgan va jonli ijroda qo‘shiqlar xirgoyi qilgan.

Tadbirda tuman hokimi san’atkor bilan birgalikda yoshlarni qiziqtirgan savollarni, taklif va mulohazalarini tingladi.

Foto: G‘uzor tuman hokimligi axborot xizmati
Shundan so‘ng yoshlar va san’atkorning taklifiga ko‘ra, Yoshlar shaharchasida tashkil etilgan Kooperatsiya yer maydonidan dehqonchilik qilish uchun Ravshan Sobirovga 1 gektar yer maydoni ajratib beriladigan bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi, favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxan Xudaybergenov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tuman yoshlari va sarchashmalik yoshlar bilan uchrashib, ularga «Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida yer maydoni ajratib berish maqsadida Kooperatsiya tashkil qilgan edi.

Xabarda aytilishicha, ajratilgan yer maydonidan 60 nafar yoshlar samarali foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirib katta daromad oldi.

Foto: G‘uzor tuman hokimligi axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Ravshan Sobirovga dehqonchilik qilish uchun Qashqadaryodan 1 gektar yer ajratiladi