15:00 / 09.12.2020
1 958

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 9 dekabr kuni 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan «O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlar: yutuqlar va ustuvor jihatlar» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Forum Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMTTDning “O‘zbekistonda samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” qo‘shma loyihasining moliyaviy va texnik ko‘magi ostida tashkil etildi.
Tadbirda Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda boshqa qator vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari mansabdor shaxslari, OAV vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilari tomonidan joriy yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kompleks faoliyatning borishi, bu boradagi yutuq va kamchiliklar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikning o‘ziga xos jihatlari, uning istiqbollari va ustuvor jihatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniiy va institutsional asoslarni takomillashtirish, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlarni amalga oshirishda ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sho‘’ba sessiyalari davomida ishtirokchilar shuningdek davlat organlari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashishni integratsiya qilish, mamlakatimizda samarali, shaffof va hisobdor boshqaruv institutlarini shakllantirish, davlat organlari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi “komplayens nazorat” tizimini joriy etish, shuningdek ISO 37001 ga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy menejment tizimlarini sertifikatlashtirishning o‘ziga xos jihatlari muhokama qildi. Bosh prokuratura, Adliya vpzirligi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga urg‘u berildi.

Forum yakunida ishtirokchilar yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tizimini joriy etish, shuningdek sohadagi xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini yanada kengaytirish zaruratini qayd etdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (5)


Yangiliklar » Jamiyat » Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi