13:13 / 10.12.2020
2 578

O‘zbekistonda ziyorat turizmi uchun 5 mingga yaqin aviareys tashkil qilinadi

O‘zbekistonda ziyorat turizmi uchun 5 mingga yaqin aviareys tashkil qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 dekabr kuni turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2021 yildagi vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, 2021 yilda 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini kamida 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Prezident 2021 yilda ziyorat turizmi bo‘yicha 5 mingga yaqin aviaqatnovlarni amalga oshirib, 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 million dollarlik xizmatlar eksportini ta’minlash zarurligini qayd etdi.

Shu sababli, Shavkat Mirziyoyev 2021 yildan Yevropa mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Yaponiya kabi davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash, yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Uzbekistan Airways kompaniyasining chiptalar narxi balandligi tanqid qilinib, uni arzonlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Davlat rahbari ziyorat turizmida targ‘ibot va ilmiy yondashuv yetishmayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonning chet ellardagi elchixonalari bilan birga bu boradagi ishlarni kengaytirish muhimligi qayd etildi. Ziyorat turizmi bo‘yicha salohiyatli davlatlar fuqarolari uchun viza tizimini soddalashtirishga doir takliflar bildirildi.

Sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida bosh vazir o‘rinbosarlari rahbarligida Idoralararo komissiya tuzilishi belgilandi. Ushbu komissiya aviaparvozlarni tashkil etish, ularga ruxsat olishni soddalashtirish, qatnovlar geografiyasini kengaytirish va aeroport xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha tizimli shug‘ullanadi.

Hududlarda hali yetarlicha o‘rganilmagan, sayyohlar jalb etilmagan qadamjolar ko‘pligi ta’kidlandi. Madaniyat vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga 300 ta madaniy meros ob’ekti va ziyoratgohni restavratsiya qilish vazifasi qo‘yildi.

Buyuk olim Abu Mansur Moturidiy maqbarasi va uning yaqinida dafn etilgan 8 buyuk ulamo qadamjosini dunyoda 170 milliondan ziyod izdoshi bo‘lgan moturidiya ta’limotining ziyorat markaziga aylantirish mumkinligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimligiga shu borada ko‘rsatmalar berildi. Buxoro viloyatida islom dini va mintaqadagi din namoyandalari tematik xiyoboni loyihasini ishlab chiqish zarurligi aytildi.

Eslatib o tamiz, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2020 yilning 12—16 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Ziyorat turizmi haftaligi» dunyo boֲ‘ylab koronavirus tarqalishi sababli keyinga qoldirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ziyorat turizmi uchun 5 mingga yaqin aviareys tashkil qilinadi