14:18 / 10.12.2020
3 386

O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi bilan emlash boshlandi

O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi bilan emlash boshlandi
Illustrativ foto
Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasi yordamida O‘zbekistonga Zhifei kompaniyasi tomonidan 6000 dona sinov vaksinasi (50% haqiqiy vaksina, 50 % platsebo), 12 ming dona PZR testlar, 8 ming dona antitanalarni aniqlovchi testlar hamda barcha ishlatiladigan yordamchi materiallar (shprits, niqob, ko‘zoynak, krioprobirkalar, homiladorlik testlari) olib kelindi.

Klinik sinovlarni o‘tkazish uchun jami 5 ming nafar ko‘ngillilar tanlab olindi. Jarayonning etik jihatlarini e’tiborga olgan holda ko‘ngillilarning shaxsi oshkor qilinmasligiga kelishildi.

O‘z navbatida, Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasining 8 nafar mutaxassislari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligidagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan birgalikda sinov o‘tkaziladigan poliklinikalari vrach va hamshiralari uchun vaksinatsiya tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazdilar.

Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasining O‘zbekistonda III faza sinovlaridan o‘tayotgan vaksinasi hisoblanadi.

Ushbu vaksina I va II faza klinik sinovlarda nisbatan yuqori xavfsizlik profiliga egaligini namoyon etdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta ko‘ngilli oila a’zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi bilan emlash boshlandi