19:57 / 10.12.2020
3 887

MIB faoliyatidan: Xorazmda AUTOCUN tadbirlari davom etmoqda

MIB faoliyatidan: Xorazmda AUTOCUN tadbirlari davom etmoqda
2020 yil 24 noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6118-sonli farmoni imzolandi.

Ushbu farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning 25 noyabr kuni Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Xorazm viloyati IIB YHXB xodimlari bilan xamkorlikda DYHXX ning ma’muriy jarmalari bilan bog‘liq ijro hujjatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangan.

Shunga asosan, Byuroning Xorazm viloyatining tuman va shaharlarning markaziy ko‘chalarida majburiy ijro byurosi ish yurituvidagi qarzdorlik ishi yuzasidan 60 kunlik muddatda jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan transport vosita egalarini aniqlash, ulardan jarimalarni undirish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 24 noyabr kunidan shu kunga qadar byuroning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan jarimalardan davlat g‘aznasiga 1 421 405 355 so‘m pul mablag‘lari undirilishi ta’minlandi.

Haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lamaganligi sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi tartibida transport vositalari jarima maydoniga qo‘yilib, jarima to‘langunga qadar ushlab turilishi belgilangan.

Shu sababli ushbu belgilangan muddatda tayinlangan jarimalarni to‘lamagan 490 nafar xaydovchilarga tegishli bo‘lgan transport vositalari belgilangan tartibda jarima maydoniga qo‘yildi.

Endilikda ushbu undirilgan pul mablag‘lari Farmonga asosan alohida g‘aznachilik hisob-raqami bilan proporsional tartibda teng ravishda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: Xorazmda AUTOCUN tadbirlari davom etmoqda