21:42 / 10.12.2020
5 088

«So‘x voqealari»ni o‘rganayotgan sudda so‘z olgan ayblanuvchi Vatanini himoya qilganini ma’lum qildi

«So‘x voqealari»ni o‘rganayotgan sudda so‘z olgan ayblanuvchi Vatanini himoya qilganini ma’lum qildi
Foto: «Daryo»
«So‘x voqealari» yuzasidan ochilgan jinoyat ishini ko‘rayotgan sud navbatdagi majlisini 2020 yil 9 dekabr kuni davom ettirdi, deya xabar berdi «Daryo».

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudining navbatdagi majlisida so‘z olgan sudlanuvchilar — Davlatjon Mallayev, Firdavs Ahrorov, Oybek Otashev hamda Shahboz Mirzajonovlar 2020 yil 31 may kun sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha so‘roq qilingan.

Ayblanuvchi Davlatjon Mallayev 2020 yil 31 may kuni soat 12:30 da ko‘chaga chiqqanida Chashmada janjal ko‘tarilganini eshitib, o‘z mashinasiga o‘tirib, to‘polon bo‘layotgan joyga borganini, hamqishloqlari qirg‘izlar tomonidan toshbo‘ron qilinayotganini ko‘rgach, Vatanini himoya qilish uchun qirg‘izlar tomonga tosh otganini, yonayotgan uylardagi o‘tni o‘chirishga uringan vaqtida qo‘lida belkurak bilan lavhaga tushib qolganini bildirgan.

Foto: «Daryo»
Sudlanuvchi Firdavs Ahrorov esa o‘z so‘zida usta bo‘lib ishlashini, janjal bo‘layotganini eshitib, Chashmaga borganini, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev kelganda uni olti-yetti metr uzoqlikdan ko‘rganini, So‘xga bosh vazir kelganida esa unga dadasiga O‘zbekiston fuqaroligini olish, o‘ziga sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun sharoit yaratib berish masalasida yordam so‘rab murojaat qilganini aytgan.

Shundan so‘ng sudlanuvchilar — Oybek Otashev hamda Shahboz Mirzajonovga so‘z berilgan. Ular ham 31 may kuni Chashma bulog‘ida yuz bergan voqealar bo‘yicha ko‘rgan-bilganlarini so‘zlab bergan.

Foto: «Daryo»
Sudlanuvchilar so‘roq qilinib, ko‘rsatmalari tinglangach, advokatlar va prokuratura xodimlari ularga savollar bilan murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, viloyatning So‘x tumani Chashma qishlog‘ida qo‘shni davlat fuqarolari bilan suv masalasidagi mojaroda ishtirok etgan 22 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish jarayoni 2020 yil 9 noyabr kuni boshlangan edi.

Foto: «Daryo»
Shundan so‘ng 23—30 noyabr kunlariga tayinlangan sud majlislari ayrim sabablarga ko‘ra, belgilangan vaqtda o‘tkazilmadi.
Jinoyat ishi doirasida 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafar shaxsga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Sudlanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor. Sudda voyaga etmagan sudlanuvchilarning qonuniy vakillari ishtiroki ta’minlangan.

Navbatdagi sud majlisi 2020 yil 14 dekabr kuni o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «So‘x voqealari»ni o‘rganayotgan sudda so‘z olgan ayblanuvchi Vatanini himoya qilganini ma’lum qildi