08:12 / 11.12.2020
3 307

Toshkentda eshakni Spark’da sudragan haydovchi jarimaga tortildi (video)

Toshkentda eshakni Spark’da sudragan haydovchi jarimaga tortildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yilning 30 oktabr kuni Spark avtomobili orqasiga eshakni bog‘lagan holda uni sudrab ketayotgani aks etgan video tarqalgandi. Keyinroq bu ishni qilgan haydovchining shaxsi aniqlangani haqida xabar berilgandi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu harakatni amalga oshirgan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi.

Aniqlanishicha, holat 2020 yilning 27 oktabr kuni soat 11:00 atrofida Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yuz bergan. 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi F.G‘. o‘z boshqaruvidagi Spark avtomobilining orqasiga eshakni bog‘lab, hayvonni sudrab harakatlangan.

Olmazor tumani 7-sonli IIB mas’ullari tomonidan holat yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, ko‘rib chiqish uchun tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

2020 yilning 3 dekabr kuni Olmazor tumani ma’muriy sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasida (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) keltirib o‘tilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqaro F.G‘.ga nisbatan BHMning 3 baravari (669 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda eshakni Spark’da sudragan haydovchi jarimaga tortildi (video)