19:43 / 11.12.2020
2 434

MIB faoliyatidan: O‘rtachirchiqdagi 96 ta oilaga baxt qushi qaytdi

MIB faoliyatidan: O‘rtachirchiqdagi 96 ta oilaga baxt qushi qaytdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 17 noyabr kunidagi hokimlik va boshqa mutassadi idora rahbarlari ishtirokida “Sud hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi masalaga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hamda davlatimiz rahbarining 24 noyabrdagi 6118-sonli Farmonida ijro sohasining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilanib, shular qatorida aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosini sifatini tubdan oshirishga katta e’tibor berilgan.

Xozirda bu bo‘yicha Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman-shahar bo‘limlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan aliment undiruvi bo‘yicha tomonlarni kelishtirish,oilalarni yarashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shunday tadbirlar natijasida birgina O‘rta-chirchiq tumani bo‘limi tomonidan,tuman xokimligi va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda targ‘ibot yo‘li bilan tumanda istiqomat qiluvchi 96 ta oila yarashtirilib, ular bilan bog‘liq aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: O‘rtachirchiqdagi 96 ta oilaga baxt qushi qaytdi