14:53 / 12.12.2020
3 367

Maqsadimiz - bolalarning moddiy ta’minotini ta’minlash

Maqsadimiz - bolalarning moddiy ta’minotini ta’minlash
Mamlakatimizda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu borada davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oiladagi notinchlik, ajrimlar sabab faqat er-xotin aziyat chekmaydi. Bunday holatlarda o‘sha oila farzandlari – ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar kamoloti ham so‘roq ostida qoladi.

Ayni vaqtda Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati va uning hududiy bo‘limlarida aliment undirish bilan bog‘liq 20 mingdan ortiq ijro hujjatlari mavjud. Aliment to‘lovchilarning aksariyati ishsiz hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari topshiriqlariga asosan aliment to‘lovchilarni birinchi navbatda ish bilan ta’minlab, voyaga yetmagan bolalarning moddiy ta’minotini mustahkamlash uchun ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Shu boisdan joylarda bo‘sh ish o‘rinlari «Mehnat yarmarkasi»lari mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilib kelinmoqda.
Unda asosiy e’tibor, aliment qarzdorligi mavjud, ammo doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirishga qaratilmoqda.

Hususan, kuni kecha Termiz tumani 2-sektor hududida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, hududdagi 30 ga yaqin tashkilot va korxonalarda mavjud bo‘lgan jami 331 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, 8 nafar fuqarolarning o‘zlariga munosib ish bilan taminlanishiga yordamlashildi va 33 nafar aliment to‘lovchilarga huquqiy maslaxatlar berildi.

Voxa bo‘ylab tashkil etilayotgan bu kabi mehnat yarmakalarida doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan 950 ga yaqin aliment to‘lovchilarning bandligi ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maqsadimiz - bolalarning moddiy ta’minotini ta’minlash