07:34 / 14.12.2020
3 367

Vodiyda niqobli shaxs xonadonga bostirib kirdi

Vodiyda niqobli shaxs xonadonga bostirib kirdi
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida 11 dekabr kuni soat 02:00 bilan 03:00 oralig‘ida X.A. yuzini niqob bilan to‘sib «Bo‘ston» mahallasi hududida yashovchi N.Q. ismli ayolning xonadoniga bostirib kirgan. U qo‘lidagi pichoqni ayolning bo‘yniga tirab, uni qo‘rqitgan. So‘ng narxi 1.500.000 so‘mlik ko‘k rangli shisha ko‘zli tilla zirakni olib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vodiyda niqobli shaxs xonadonga bostirib kirdi