16:20 / 14.12.2020
3 223

Toshkentda avtomashinani olib qochib, ehtiyot qismlarga ajratib tashlagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda avtomashinani olib qochib, ehtiyot qismlarga ajratib tashlagan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 4 dekabr kuni soat taxminan 13:00larda 24 yoshli M.M. Toshkent shahar Sergeli tumanida 28 yoshli H.Yu.ning “Gentra” rusumli avtomashinasi yo‘l chetida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, o‘zganing transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida avtomashina old o‘ng oynasini yonida bo‘lgan temirdan ishlangan bolg‘a orqali sindirgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtoulovni Sergeli tumani “Olchazor” MFY Shokirariq ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan uy yonigacha boshqarib borib, avtomashina salonida bo‘lgan pul, uyali aloqa vositasi, bank plastik kartochkasi, haydovchiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni o‘g‘rilik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Bundan tashqari, ushbu shaxs avtomashinaning old yoritkich chiroqlari, avtomagnitolasi, avtomashina eshiklari ichki qoplamasi, avtomashina “tablosi”ning qo‘riqlash tizimi pultini olib, H.Yu.ga jami 11 950 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 4 dekabr kuni Sergeli tuman 2-son IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, M.M. noqonuniy yo‘l bilan egallangan avtomobil jihozlarini “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozorida uchinchi shaxslarga sotib yuborgan.

Hozirda M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtomashinani olib qochib, ehtiyot qismlarga ajratib tashlagan shaxs qo‘lga olindi