08:20 / 15.12.2020
3 114

Pochtaga bank xizmatlari ko‘rsatish huquqi beriladi

Pochtaga bank xizmatlari ko‘rsatish huquqi beriladi
«Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, 2021 yil 1 mayga qadar bank plastik kartalariga pochta aloqasi bo‘limlari orqali to‘liq xizmat ko‘rsatish (kartalarni mablag‘ bilan to‘ldirish, naqd pul yechish, jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish) tizimi joriy etiladi.

2021 yil 1 iyulga qadar pochta tarmoqlari orqali autsorsing asosida tijorat banklari nomidan jismoniy shaxslarga kredit berish to‘g‘risida arizalarni qabul qilish, kreditlarni so‘ndirish bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish, yuridik shaxslar kunlik savdo tushumini qabul qilish kabi bank xizmatlari ko‘rsatish joriy qilinadi.

Buning uchun 2021 yil 1 martga qadar pochta aloqasining an’anaviy va joriy etilayotgan yangi xizmatlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, o‘quv markazini tashkil qilinadi hamda 2021 yil yakuniga qadar 2 000 ta, 2022 yilda barcha xodimlarning malakasi oshiriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pochtaga bank xizmatlari ko‘rsatish huquqi beriladi