12:02 / 15.12.2020
3 928

Mehribon ota mehrini ayamadi

Mehribon ota mehrini ayamadi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro J.N.dan undiruvchi N.H.ning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish borish belgilangan.

Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Anchadan beri fuqaro J.N. aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotgan edi.

Bugungi og‘ir sharoitda muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash naqadar muhim ekanligini inobatga olgan holda Byuroning Narpay tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, qarzdor J.N. bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, bugungi sinov kunlarida farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirildi.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdorota shu kuni farzandlari ta’minotini o‘ylab, voyaga yetguniga qadar hisoblab, 164 mln. so‘m pulni to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mehribon ota mehrini ayamadi