09:00 / 16.12.2020
2 256

Mehnat yarmarkasida 40 kishi ishga joylashtirildi, ulardan 21 nafari aliment to‘lovchi qarzdorlar

Mehnat yarmarkasida 40 kishi ishga joylashtirildi, ulardan 21 nafari aliment to‘lovchi qarzdorlar
Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi hamda tuman prokuraturasi tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Yarmarkaga tashrif buyurganlarga tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan tumandagi korxona, tashkilot va muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlari va mavsumiy vaqtinchalik ishlar tavsiya etildi.

Yarmarkada ishtirok etgan 200 dan ortiq fuqarolardan 40 nafari ishga joylashtirildi. Ulardan 21 nafari ishsizligi tufayli aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lolmay kelayotgan qarzdorlardir.

MIB Qamashi tuman bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mehnat yarmarkasida 40 kishi ishga joylashtirildi, ulardan 21 nafari aliment to‘lovchi qarzdorlar