10:50 / 16.12.2020
3 117

Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi 3 mingdan ortiq arxiv hujjatlarini «makulatura»ga sotib yuborgani aniqlandi

Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi 3 mingdan ortiq arxiv hujjatlarini «makulatura»ga sotib yuborgani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini sotib yubordi, deb xabar bermoqda Nasafnews.

Ma’lum bo‘lishicha, Yakkabog‘ tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori X.R. tuman IIBga murojaat qilib, 13 noyabr kuni soat 18:00 larda davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qat’iy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016—2018 yillardagi jami 3031 dona yig‘ma jild ish hujjatlari yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi Q.D. va arxiv xo‘jalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi A.J. tomonidan 3031 dona ish hujjatlari eski qog‘oz yig‘uvchilarga sotib yuborilgani aniqlangan va ulardan 349 dona yig‘ma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qashqadaryo viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi 3 mingdan ortiq arxiv hujjatlarini «makulatura»ga sotib yuborgani aniqlandi